Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston besh yilda 123 milliard dollar investisiya jalb qildi

O‘zbekiston besh yilda 123 milliard dollar investisiya jalb qildi


Bu yilgi Toshkent xalqaro investisiya forumi dunyoning 100 ta mamlakatidan 4 mingdan ziyod ishtirokchini o‘zida jamladi. Forum dasturi doirasida eng dolzarb global iqtisodiy masalalar muhokama qilinyapti, shuningdek, hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, investorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, forumda O‘zbekiston prezidenti mamlakatni yanada rivojlantirishning oltita ustuvor yo‘nalishini belgilab bergan. Kapital bozorini rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyotni rag‘batlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish shular jumlasidandir.

“O‘zbekiston o‘zining investisiyaviy salohiyatini barqaror ravishda oshirib bormoqda: so‘nggi besh yilda mamlakatimizga 123 milliard dollar investisiya jalb qilindi. Endilikda eng asosiy vazifa — erishilgan kelishuvlarni iqtisodiyot, biznes va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan real loyihalarga aylantirishdir”, — deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
Kiritildi: 22:26 17.06.2026. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!