Jahon oltin kengashining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning avgust oyida 8 tonna oltin xarid qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich bilan mamlakat Xitoydan keyin ikkinchi eng yirik oltin xaridoriga aylandi. Xitoy ushbu oyda 20 tonna oltin sotib olgan.
Umuman olganda, O‘zbekiston joriy yilning dastlabki sakkiz oyida 50 tonna oltin xarid qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi eng yirik oltin xaridori bo‘lib turibdi.
Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni mos ravishda Polsha (98 tonna) hamda Xitoy (80 tonna) egallagan.