Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 iyul holati bo‘yicha jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilingan (o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga ko‘p). Xususan, qariyb 61 million AQSh dollariga teng bo‘lgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotilgan. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.
Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.
E’tiborlisi, bu yil o‘zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mo‘g‘uliston, O‘mon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilingan.