Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbek tilida «plov» emas, «palov»ku! O‘zbek tili qoidalarining buzilishi tanqid qilindi

O‘zbek tilida «plov» emas, «palov»ku! O‘zbek tili qoidalarining buzilishi tanqid qilindi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi nishonlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ammo, jamiyatda ona tiliga bo‘lgan e’tibor o‘zgardi, deya olmaymiz. Odatda har yili shunday bo‘ladi. An’anaviy tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari 21-oktyabr sanasidan keyingi jimlik... E’tiboringizga havola qilinayotgan mana bu suratdagi yozuv ochiqchasiga o‘zbek tiliga nisbatan haqoratdir, deb yozadi O‘zA.

Tadbirkor faoliyatini reklama qilgani, xaridorlarni chorlagani yaxshi, albatta. Lekin bu zaylda emas. Axir poytaxtning markaziy ko‘chalaridan biriga odamlar e’tiborini tortadigan qilib o‘rnatilgan ushbu reklama banneriga bir kunda minglab fuqaro, mehmonlar, sayyohlarning ko‘zi tushadi! Bunday yondashuvlardan so‘ng, milliy taomlardan sanalgan osh — palovni yosh avlod nutqida «plov»  deb qo‘llamasligiga kim kafolat beradi. Vaholanki, o‘zbek tili lug‘atida «plov» emas, «palov»  so‘zi mavjud.

Oddiy aholi, bunga ko‘p ham e’tibor qilmas. Boringki, g‘ashiga tegsa, ichida mualliflarni savodsizlikda ayblab qo‘ya qoladi. Lekin o‘zbek xalqi, o‘zbek tili taqdiriga javobgar mas’ullar-chi, nahotki, bironta ham mutasaddining ko‘zi «Sen plovni sevasanmi?» ga tushmagan bo‘lsa?

Bu kabi til qoidalari buzilishlariga qachon barham beriladi? Bannerdagi yozuvni kim «palov» so‘ziga almashtiradi?

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 21:58 05.12.2018. O'qildi: 1805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!