Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar

O‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar

Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV ” jamg‘armasi “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Endilikda o‘zbek olimlari O‘zbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming yelektron qo‘lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.

Shuningdek 20 may kuni bo‘lib o‘tadigan “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” forumi doirasida “TURKTAV ” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarning asl nusxalari "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshiriladi.

Kiritildi: 12:41 20.05.2022. O'qildi: 2197 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!