Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

“O‘zbegim ayoli” e’tirof etilmoqda

A A A
“O‘zbegim ayoli” e’tirof etilmoqda

Xalq so‘zi ONLINE /Yulduz O‘rmonova. Mamlakatimizning bugungi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida o‘zining ilg‘or g‘oyalari, tashabbuskorligi bilan faollik ko‘rsatayotgan fidoyi ayollarimizga ehtirom bildirish, mehnatini munosib qadrlash maqsadida poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida Milliy telekanali O‘zbegim ayoli Milliy mukofoti taqdirlash marosimini o‘tkazmoqda.

Ushbu mukofotga nomzodlar tegishli tashkilotlar, vazirliklar va qo‘mitalar tavsiyalari hamda MTV muxlislari tomonidan nomzodlar uchun berilgan ovozlar asosida aniqlangan.

Oʻzbegim ayoli dasturi davomida laureatlarga jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, erishgan yutuqlari bilan bog‘liq qator nominasiyalar doirasida mukofot va sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi hamda estrada yulduzlari, taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir avvalida teatr oldidagi ochiq maydonda Sulola bend guruhi tomonidan jonli ijro hamda illyuzionistlar chiqishlaridan iborat shou tashkil etildi.

Ayni paytda taqdimot marosimi davom etmoqda. Uni soat 21 ga qadar Milliy telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 21:45 05.03.2019. O'qildi: 3278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik