Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘z joniga qasd qilishga uringan transport vaziri ishdan olindi

O‘z joniga qasd qilishga uringan transport vaziri ishdan olindi

Xudoyor Xudoyorzoda Tojikiston transport vaziri lavozimidan ozod qilindi. Mamlakat rahbari Emomali Rahmon tegishli farmonga imzo chekdi.

“Xudoyorzoda Xudoyor Zavqibek pensiyaga chiqishi munosabati Tojikiston Respublikasi Transport vaziri vazifasidan ozod qilinsin”, - deyilgan farmonda.

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim Xudoyorzodaning o‘rniga Tojikiston transport vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika Bosh prokuraturasi amaldor o‘z kvartirasida joniga qasd qilishga uringani haqida xabar qilgan edi. Bunga oilaviy janjal sabab bo‘lgani aytilgan edi.

Kiritildi: 23:20 01.09.2020. O'qildi: 6979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!