Samarqand davlat universiteti o‘quv binosi oldi bo‘ylab borar ekanman, e’tiborimni talabalar gavjum joylarda soyabon ostida sotilayotgan idora ashyolari tortdi. Ta’lim dargohi bo‘lgach, o‘quv qurollari sotilishi tabiiy-da, dersiz.
Ammo talabalarning aksariyati bu joydan idora ashyolari emas, nos va tamaki mahsulotlari sotib olayotganining guvohi bo‘lasiz. Achinarlisi, ularga ta’lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchilar ham shu yerdan sigareta olib, talabalar bilan chekib turgan holatlar uchraydi. Bu kabi savdo-sotiq joylari, afsuski, ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari va maktab binolari oldida yo‘lga qo‘yilgan. Ularning nazoratiga na mutasaddi tashkilotlar, na ota-onalar e’tibor beradi. Befarqligimiz bu illatning ildiz otishiga zamin yaratmaydimi?
Manba:azon.uz