Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

USS Gerald R. Ford aviatashuvchi kemasi Hind okeaniga yo‘l olmoqda

USS Gerald R. Ford aviatashuvchi kemasi Hind okeaniga yo‘l olmoqda

5 mart kuni Sharqiy O‘rta yer dengizidan jo‘nab ketgan Amerika aviatashuvchisi USS Gerald R. Ford Qizil dengiz orqali Hind okeaniga qarab suzib ketmoqda.

Bu haqda Itamilradar portali xabar bermoqda.

USS Gerald R. Ford hozirda Saudiya Arabistoni qirg‘oqlari yaqinida joylashgan bo‘lib, unga hamrohlik qiluvchi boshqariladigan raketa esmineslarining kelishini kutmoqda. Aviatashuvchi Yaman yaqinidagi Bab al-Mandeb bo‘g‘ozidan o‘tayotganda ularning jangovar kuzatuviga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Aviatashuvchi va unga hamrohlik qiluvchi kemalar Eron qirg‘oqlaridan 350 km janubi-sharqda Arab dengizida jangovar missiyalarni amalga oshirayotgan USS Abraham Lincoln zarba berish guruhiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!