Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Usmonov: «O‘zimni ko‘proq O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi sifatida ko‘rmoqdaman»

Usmonov: «O‘zimni ko‘proq O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi sifatida ko‘rmoqdaman»

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor O‘zbekistondagi o‘z roli haqida fikr bildirdi.

Forbes: Sizning sobiq sherigingiz Bidzina Ivanishvili ham o‘z vatani, Gruziyaga ketdi. U yerda muvaffaqiyat qozongan partiyani tashkil qildi, xayriya bilan shug‘ullanmoqda, ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda. O‘zbekistondagi rolingiz Ivanishvilining Gruziyadagi o‘rni bilan bir xil bo‘ladimi?

Yo‘q, bu boshqa vaziyat. Borya Rossiyadan ketdi, Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Men esa, avvalo Rossiya fuqarosiman. Investor yoki hatto sherik sifatida pul topish kerak bo‘lgan qandaydir biznes loyihalar bilan shug‘ullanish - bu men uchun uncha qiziq emas, men buni xohlamayman.

Ammo, agar boshqa investorlarning ishonchi paydo bo‘lishi uchun - ular tavakkal qilishdan qo‘rqmasligi maqsadida pul yo‘naltirish zarur bo‘lsa, men bunga tayyorman. Men o‘zimni ko‘proq O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi sifatida ko‘rmoqdaman .

Forbes: Maslahatchi sifatidami?

Yo‘q, qanday maslahatchi? Men u yerda doimiy tarzda ishlayapman va prezident Mirziyoyev mamlakatda boshlagan islohot muvaffaqiyatli yakunlanishi men uchun juda muhimdir. O‘zbekistonning kelajagi uning muvaffaqiyatiga bog‘liq, men bunga befarq emasman .

Kiritildi: 13:57 20.12.2018. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!