Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Useyn Bolt 40 yoshida yana futbolda o‘zini sinab ko‘radi

Useyn Bolt 40 yoshida yana futbolda o‘zini sinab ko‘radi

21 avgust kuni afsonaviy yengil atletikachi Useyn Bolt 40 yoshga to‘ldi. Oradan bir kun o‘tib, yamaykalik mashhur sportchi yana futbolda o‘z kuchini sinab ko‘rishi ma’lum bo‘ldi.

Bolt Angliya futbolining kuch jihatidan yettinchi divizionida ishtirok etadigan «Uaytenshou» klubi safida to‘p tepishini e’lon qildi. Albatta, bu u muxlislik qiladigan «Manchester Yunayted» emas, ammo...

Qizig‘i, Bolt bilan birga Angliya Premyer-ligasining bir qator sobiq yulduzlari ham mazkur klub sharafini himoya qiladi.

Ular orasida «Lester»ning tarixiy chempionligida ishtirok etgan Mark Olbrayton va Denni Drinkuoter, «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Joleon Leskott hamda Antonio Valensiya bor.

Kiritildi: Bugun 12:16. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!