Ukrainada urush boshlanganidan beri (2022 yil fevral) 17 400 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi va 43 000 dan ortiq tinch aholi jarohat oldi.
Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi qoshidagi Qurolli mojarolarda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash departamenti boshlig‘i Yuriy Rud "Adolat uchun birlashamiz. Fuqarolarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik" xalqaro konferensiyasi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 700 dan ortiq bola bor va 2400 dan ortiq bola jarohatlangan.
Rud shuningdek, jangovar harakatlar natijasida 320 000 dan ortiq fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlari, jumladan, 263 000 dan ortiq turar-joy binolari, 5000 dan ortiq ta’lim muassasalari va 1400 dan ortiq tibbiyot muassasalari zarar ko‘rganini ma’lum qildi.