Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘rta yer dengizida ko‘ngilli qutqaruvchilar faoliyatiga to‘sqinlik qilinmoqda

O‘rta yer dengizida ko‘ngilli qutqaruvchilar faoliyatiga to‘sqinlik qilinmoqda

O‘rta yer dengizida beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari qutqaruv kemalari faoliyati to‘xtab qolmoqda, deb xabar berdi, The Guardian nashri. 

Xabarda keltirilishicha, 2015 yildan beri Yevropada yangi hayotni ko‘zlab xavfli safarga otlangan muhojirlarni suvda qutqarish bilan shug‘ullanib kelgan nodavlat tashkilotlari qutqaruv kemalari 26 avgustdan beri biror marotaba dengizga chiqmagan. Nodavlat tashkiloti vakillarini aytishicha bu holat minglab qochqinlarni dengizda cho‘kib ketish xavfini kuchaytiradi. Ushbu ko‘ngilli nodavlat tashkilotlari qutqaruv kemalari janubiy Yevropa va Shimoliy Afrika o‘rtasidagi asosiy migrasiya yo‘lagida faoliyat olib borgan. 

Kemalar faoliyatining to‘xtab qolishiga Malta va Italiyaning noqonuniy migrasiyaga qarshi qaratilgan siyosati sabab bo‘lmoqda. Noqonuniy migrasiyaga qarshi qaratilgan siyosatga binoan Italiya va Malta o‘z dengiz portlarini ko‘ngilli qutqaruv kemalari uchun yopgan. Shunga qaramay muhojirlar hali ham xavfli bo‘lgan dengiz yo‘li orqali Yevropaga yetib olishga harakat qilishmoqda.

So‘nggi bor O‘rta yer dengizida qutqaruv kemalari faoliyati to‘xtatilishi 2018 yil 28 iyundan 8 iyulgacha kuzatilgandi. Shu vaqt oralig‘ida 300 dan ortiq qochqin dengizda cho‘kib halok bo‘lgan.

Xalqaro Migrasiya Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda Italiyaga dengiz orqali 100 308 nafar migrant kelgan bo‘lib, 2383 nafar kishi dengizda cho‘kib ketgan. 2018 yilning o‘tgan davrida qurbonlar soni 1130 nafarni tashkil etdi, Italiyaga esa 20319 nafar muhojir yetib olgan.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 12:35 16.09.2018. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!