Gazeta Washington Post yozganidek, keyingi kunlarda ushbu hududlarda sezilarli miqdordagi yong‘inlar, jumladan, xalqaro chegaraning har ikki tomonida bir nechta yirik yong‘inlar sodir bo‘ldi.
Maqolada qayd etilishicha, g‘ayritabiiy issiqlik va yuqori darajadagi qurg‘oqchilik ushbu halokatli hodisalarga sabab bo‘lgan asosiy omillardir.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida Minnesota shtatida 80 kvadrat kilometrdan ortiq o‘rmonlar yonib ketgan, yuzdan ortiq bino vayron bo‘lgan. Shtat hokimiyati mahalliy Milliy gvardiyani yong‘inni o‘chirishda yordam berishga chaqirib, chora ko‘rdi.
O‘z navbatida, Kanadaning CBC teleradiokompaniyasi tabiiy ofat hududida bo‘lgan chegaradosh Manitoba va Ontario provinsiyalaridagi bir qator aholi punktlari aholisini majburiy evakuasiya qilish haqida xabar bermoqda.