Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘n bir yoshli o‘quvchi, hozirgi zamon maktabi to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytib berdi

O‘n bir yoshli o‘quvchi, hozirgi zamon maktabi to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytib berdi

Bolalar maktabga borishni istamasligining 10 ta sababi!

Maktab, xato qilish mumkinligi va xato qilish kerak ekanligini o‘rgatmaydi, chunki faqat shu yo‘l bilan siz biror narsani o‘rganishingiz mumkin. «Ertaga nomi bilan» konferensiyada 11 yoshli ma’ruzachi nima uchun bolalar maktabni yoqtirmasliklari haqida gapirib berdi, – deb yozadi nv.ua

1. O‘qituvchi
Maktabga birinchi bor kelganingizda, sizga darhol qo‘rquvni singdirishga harakat qilishadi. Shulardan biri o‘qituvchidan qo‘rqishdir.

2. Baholashdan qo‘rqish
Birinchi qo‘rquvdan keyin esa, baholash qo‘rquvi paydo bo‘ladi. Undan keyin ota-onalar, maktab direktori tomonidan jazolanishdan qo‘rqish. Maktabda kim bo‘lishingdan va sening kim ekanliginga qarashmaydi, senga faqat baholaringa qarab hukm chiqarishadi.

3. Xato qilishdan qo‘rqish
Yana bir qo‘rquv – bu xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish. Maktab, xato qilish mumkinligi va xato qilish kerakligini o‘rgatishmaydi, chunki faqat shu yo‘l bilan sen biror narsani o‘rganishing mumkin.

4. Trolling
Yana bir sabab- bu sinfdoshlaring masxara qilishi. Va ko‘pincha bunga o‘qituvchilar aybdor bo‘lishadi. Chunki, huddi sinfdoshlari kabi yomon ish qilayotganini aytib, bolalarni orasida kulgiga qo‘yishadi. Ular uchun baholash, o‘quvchidan ko‘ra muhimroqdir. Men bolalar ijodiyoti klubiga qatnab, u yerda munchoq to‘qishni, xamirdan haykalcha yasashni, teridan bilaguzuklar yasashni va boshqa ko‘p narsalarni o‘rgandim. Va mening to‘garak rahbarim master-klass o‘tkazish uchun mening maktabimga kelib, yutuqlarim haqida gapirib berganida, “zavuchimiz” hayron bo‘lib: «Timofey? Bunday bo‘lishi mumkin emas! ”, degan edi.

5. Ahmoqona test-sinovlari
Darslarda beriladigan o‘sha testlar nihoyatda ahmoqonadir, chunki ularda o‘zingni javob varianting bo‘lmaydi. Bola yaxshi baho olishi uchun, taklif qilinganlardan bitta javobni topishga harakat qiladi, lekin unda bu varinatlardan tashqari o‘z fikri ham bo‘lishi mumkinku. Vaholanki, o‘z fikrini yozish uchun imkoniyat yo‘q. Men, bir kun kelib dunyoning barcha poytaxtlarini, Taras Shevchenko yozganlarini, beshning kvadrat ildizini eslaydigan vaqt keladi deb o‘ylamayman. Nazarimda, agar kishi biror narsaga qiziqib qolsa, u 10 yil maktabda o‘qigan boladan ko‘proq narsani bilib oladi. Va agar unga boshqa sohalardan bilim olish kerak bo‘lib qolsa, unda osonlikcha uni egallashi mumkin.

6. Uy vazifalari hajmi
Uy vazifasi, bolalarning o‘zlashtirishi va ta’limiga ta’sir qilishini isbotlovchi biron bir dalil yo‘qligi haqida o‘qigan edim. Bir kuni menga ingliz tilidan shunchalik ko‘p topshiriqlar berishganki, uch soat mobaynida boshimni ko‘tarmay yozganimdan keyin o‘rnimdan turdim va bo‘ynimni to‘g‘rilay olmadim. Meni tibbiy punktga olib kelishdi va bir hafta davomida bo‘yin korsetida yurdim.

7. Boshqalardan farqlanishni taqiqlash
Maktablarda boshqalardan farqlanib turganlarni yoqtirishmaydi. Bu o‘qituvchidan boshlanib, o‘quvchilarga o‘tadi va bir umrga ular bilan qoladi.

8. Maktab baxtli bo‘lishga o‘rgatmaydi
Men, The Beatles guruhidagi Jon Lennonga besh yoshida onasi unga hayotdagi eng muhim narsa – baxtli bo‘lish kerakligini aytganligi xaqida o‘qigan edim. Keyin u maktabga boradi va u yerda shunday deb undan so‘rashadi: «Sen hayotda kim bo‘lishni orzu qilasan?» U shunday javob beradi: «Baxtli bo‘lishni». Unga shunday deyishadi: «Sen vazifani tushunmayapsan», deyishsa, bunga javoban u: «Siz hayotni tushunmaysiz», degan ekan.

9. Maktab axborot bilan ishlashga o‘rgatmaydi
Masalan, men YouTube –dagi fizika o‘qituvchisini oson va qiziqarli suhbat quradigan kanalini tomosha qilaman. Bunday resurslarni o‘qish yoki tamosha qilish, o‘nlab zerikarli darslarning o‘rnini bosishi mumkin.

10. Maktabda mustaqil hayotga tayyorlashmaydi
Maktab – bu balog‘atga yetishishga tayyorgarlik. Ammo u yerda daromadni qanday tejash va ko‘paytirishni, uni qanday qilib topishni va umuman, qanday qilib pul topish kerakligini o‘rgatshmaydi. Men, maktabdagi asosiy predmet- bu biz bir-birimizni tushunishga o‘rgatadigan predmet bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Axir, muloqot qilish qobiliyati eng muhimiku.'

Manba: tarjumon. uz

Kiritildi: 06:30 28.01.2020. O'qildi: 5348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!