Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘n bir sherning o‘limiga nima sabab bo‘ldi?

A A A
O‘n bir sherning o‘limiga nima sabab bo‘ldi?

Hindistonning Gujarat shtatidagi o‘rmonda 11 ta Osiyo sheri halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilmoqda “BBC” sayti.
 
O‘rmon rasmiylaridan biri Sinxa boshqa hududdan kirib kelgan 3 ta sher o‘zaro janjalga sabab bo‘lgan hamda jami 11 ta sher halok bo‘lgan, deya taxmin qilmoqda.
 
Boshqa bir rasmiy Rajan Joshi bo‘lsa o‘limga kasallik sabab bo‘lgan deya taxmin bildirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda 523 ta sher ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2016 yildan buyon ularning 184 tasi o‘lgan. Ularning faqatgina 30 tasi notabiiy hodisalar sababli halok bo‘lgan edi.
 
Aytish kerakki, bitta sher odatda 15-16 yil yashaydi.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 21:03 25.09.2018. O'qildi: 1975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik