Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoniga qo‘yilgan cheklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hudud davlatlariga safarni vaqtincha rejalashtirmaslikni, u yerda bo‘lib turganlarga esa ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.

Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent–Jidda reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.

Aviaqatnovlar tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali beriladi.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!