Nukus shahridagi «Turon» stadionida bo‘lib o‘tgan sport festivalida «Ummon» guruhi qo‘shiq kuyladi. «KRuz.uz» sayti muxbiri guruh xonandalari bilan suhbatlashdi.
—Avvalambor bugungi festivalda ishtirok etib turganimizdan juda ham manunmiz. Barcha qoraqalpoq xalqini, jajji ukajonlarimiz va singillarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Nukus shahridagi stadionda katta sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerdagi harorat judayam ko‘tarinki ruhda. Hammaning yuzida tabassum. Jajji ukalarimiz esa maydonda futbol o‘ynashmoqda. Ukalarimizga omad tilaymiz. Kelajakda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishlariga tilakdoshmiz.
— «Ummon» guruhidan qoraqalpoqcha qo‘shiq kusak bo‘ladimi yaqin orada? Chunki har yili festivalga kelasizlar Qoraqalpog‘istonga.
—Xudo xohlasa albatta. To‘g‘risini aytsak, bunday savol va taklif ilk marotaba bo‘lmoqda. Bu taklifni o‘ylab ko‘ramiz.
—Balki kelasi safar tashrif buyurganlaringizda qoraqalpoqcha qo‘shiq eshitarmiz sizlardan?
—Xudo xohlasa. Qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.