Grenlandiyaning Innaarsuit qishlog‘iga katta xavf yaqinlashdi, deya ta’kidlamoqda Ropmech.ru nashri.
11 tonnali aysberg qishloq tomon oqib kela boshladi. Hukumat o‘sha zahotiyoq aholini evakuasiya qila boshladi. Aysberg tufayli qishloq aholisi katta to‘lqinlar ostida qolishi mumkin edi. Ammo aysberg asta-sekin okean ichiga qarab suzib keta boshladi. Endilikda u Innaarsuit elektrostansiyasiga yaqinlasha boshladi. Hukumat vakillari hamma ehtiyot choralarini ko‘rishmoqda.
Manba: darakchi.uz