Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ular qo‘lga olindi: namaganlik ayollarning aybi nimada?

A A A
Ular qo‘lga olindi: namaganlik ayollarning aybi nimada?

Joriy yilning 18 fevral kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi J.A. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 15 fevral kuni soat 09.00 dan soat 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uyiga kirib, u yerdan 1 500 AQSh dollari, 922 ming so‘m puli va umumiy qiymati 10 mln. so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Mashrab ko‘chasida yashovchi 33 yoshli I.A. va 3-Guliston ko‘chasida yashovchi35 yoshli F.Q.ismli ayollar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

 

Kiritildi: 10:01 23.04.2019. O'qildi: 3005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik