Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukrop suvining foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

Ukrop suvining foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

Ukrop suvi chaqaloqlardagi qorin dam bo‘lishidan xalos etishini ko‘p bor eshitgansiz. Aniqlanishicha, u nafaqat kichik yoshdagi bolalar, balki kattalar uchun ham o‘ta foydali ekan.

Ukrop suvi, shuningdek ukrop urug‘lari damlamasi ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Uni diabetning oldini oluvchi ajoyib vositalardan biri sifatida ham bilishadi. Damlama shifokorlar tomonidan yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi va qorin dam bo‘lishida buyuriladi.

Ukrop suvi qabziyat, oshqozon va siydik yo‘llaridagi og‘riqlar, enurez kabi xastaliklarda ham foyda berishi isbotlangan.

Ukrop urug‘laridan damlama quyidagicha tayyorlanadi:

Bir osh qoshiq ukrop urug‘i choynak ichiga solinadi va ustidan yarim litr qaynagan suv quyiladi. Choynak sochiq bilan o‘ralgancha 40 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan damlamadan bir kunda uch qultumdan 7-10 marta ichiladi. Davolash kursi 1 haftadan iborat bo‘ladi.

Damlamani profilaktika maqsadida ham ichish mumkin.

Muolajani amalda qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 19:50 12.05.2021. O'qildi: 26699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!