Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukrainaning sobiq prezidenti murojaatida Putinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Ukrainaning sobiq prezidenti murojaatida Putinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

RIA Novosti Viktor Yanukovichning murojaatini e’lon qildi.

Ukrainaning sobiq prezidenti murojaatida Putinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Ukraina NATO’ga qo‘shilishiga har doim qarshi bo‘lganini aytdi.

"Men Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini nazorat qilganman va buni olg‘a siljitganman, ammo mamlakatning NATO'ga kirishiga doimo qat’iy tarzda qarshi bo‘lganman. Men bu Ukraina uchun halokatli bo‘lishini yaxshi tushunganman. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik urushiga olib boradigan yo‘l", — deya ta’kidladi Yanukovich.

Ukrainaning sobiq prezidenti o‘z murojaatida Vladimir Putinning siyosatini to‘g‘ri deb hisoblashini va uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Yanukovich 2014 yilda Ukrainadagi Maydan voqealaridan keyin Rossiyaga qochib ketgan edi. U Ukrainada davlatga xiyonat ishi bo‘yicha sirtdan 13 yilga hukm qilingan, keyinchalik davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ishi bo‘yicha yana 15 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 23:15 01.09.2025. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!