Ukrainaning sobiq energetika vaziri, ilgari energetika sohasidagi korrupsiya ishi bo‘yicha guvoh sifatida ishlagan German Galushchenkoga rasman ayblov qo‘yildi. Bu haqda Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Sobiq energetika vaziri (2021-2025) pul yuvish va jinoiy tashkilotda ishtirok etishda aybdor deb topildi", deyiladi bayonotda.
Sobiq vazir bir kun oldin, 15 fevral kuni davlat chegarasini kesib o‘tishga uringanida hibsga olingan. "Ukrainskaya pravda" nashrining xabar berishicha, u mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan poyezddan tushirib yuborilgan.