Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi mag‘lubiyati Germaniyaning Kiyevga hozirgi va kelajakdagi yordamidan ko‘ra qimmatroqqa tushadi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi mag‘lubiyati Germaniyaning Kiyevga hozirgi va kelajakdagi yordamidan ko‘ra qimmatroqqa tushadi

Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Pistorus ma’lum qildi.

Boris Pistorius bu haqda Die Zeit gazetasi tomonidan tashkil etilgan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirayotganlar hamda "bu bizning urushimiz emas" deyayotganlarni buning oqibatlarini o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

"Agar biz yoki G‘arb ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgani uchun ular bu urushda mag‘lub bo‘lsa, ertaga mustaqil Ukraina davlati bo‘lmasligini tushunishimiz kerak. Ha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash qimmatga tushadi, biroq ukrainaliklarning mag‘lubiyati bizga Putinning harbiy tahdidi nuqtai nazaridan ancha qimmatga tushadi. Chunki Ukrainadan qochqinlar oqimi yuzaga keladi", — deya fikr bildirdi Pistorious.

Kiritildi: 22:50 21.09.2024. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!