Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaning elchisi mehmonxonada jonsiz holda topildi

Ukrainaning elchisi mehmonxonada jonsiz holda topildi

Ukrainaning Tailanddagi elchisi Andrey Beshta Ko-Lipe orolidagi mehmonxonada jonsiz holda topildi.

Tailand polisiyasida ma’lum qilinishicha, elchining jasadida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.

B soat 5:30 atrofida mehmonxonadagi xonasida jonsiz holda topilgan. Elchi o‘g‘lining aytishicha, otasi bir kun oldin o‘zini yaxshi his qilgan. Ta’kidlanishicha, elchi soat 4:30 atrofida zaharlanish alomatlari bilan uyg‘ongan, so‘ngra hushini yo‘qotgan.

Diplomatning jasadi yorish uchun dastlab mahalliy shifoxonaga jo‘natilgan. So‘ngra jasad Bangkokdagi polisiya gospitaliga o‘lim sababini aniqlash uchun keltirilgan.

Elchi 45 yoshda bo‘lgan. U Tailanddagi elchixonaga 2015 yildan rahbarlik qilib kelgan. Diplomat o‘z vaqtida Ukrainaning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 03:00 31.05.2021. O'qildi: 2952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!