Ukraina AQShdan Afg‘oniston kabi mustaqil, shuning uchun bu davlatlarni solishtirishning hojati yo‘q. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.
CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina rahbaridan AQSh Ukrainani "tark etishidan" xavotirlanyapsizmi, deb so‘rashdi. Zelenskiy bunga javoban Ukrainani Afg‘oniston bilan solishtirib bo‘lmaydi, deb ta’kidladi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, aholisi shunchalik ko‘p va hududi katta bo‘lgan mamlakatni "osonlik bilan qo‘lga kiritish mumkin emas".
Bundan tashqari, Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQShning mamlakatni "tark etishi" haqida gap bo‘lishi mumkin emas va Vashington, aksincha, o‘z ishtirokini oshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Amerika prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaganini aytgandi.