Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukrainaliklar Rossiyaning neft omborini yoqib yubordi

Ukrainaliklar Rossiyaning neft omborini yoqib yubordi

29 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rostov viloyatiga ommaviy hujum uyushtirdi, dedi viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar.

Unga ko‘ra, hujumda 30 ta dron ishtirok etgan. Oqibatda bir qancha aholi punktlaridagi turar-joy binolari shikastlangan, sanoat ob’ekti ham yonib ketgan.

«Kamenskiy tumanida avariya-qutqaruv bo‘linmalari sanoat ob’ektidagi yirik yong‘inni o‘chirmoqda. Jami 109 kishi va 38 ta texnika jalb etilgan», — deb yozgan Slyusar o‘zining telegramdagi kanalida, gap qaysi ob’ekt haqida ketayotganini aytmagan holda.

Shot va VCHK-OGPU telegram kanallari xabariga ko‘ra, Kamensk-Shaxtinskiy yaqinidagi neft bazasida yong‘in chiqqan. «Bu Rostov yangiliklari» Telegram-kanalining aniqlik kiritishicha, gap shu yilning avgust oyi oxirida Ukraina dronlari hujum qilgan Atlas neft bazasi haqida ketmoqda.

Kiritildi: 23:24 29.11.2024. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!