Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukrainaliklar Donetsk va Baxmutda oldinga siljishdi

A A A
Ukrainaliklar Donetsk va Baxmutda oldinga siljishdi

Ukraina Qurolli kuchlari Donetsk viloyati g‘arbida va Baxmut yaqinida hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda, dedi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili Andrey Kovalyov.

Uning qayd etishicha, Ukraina mudofaa kuchlari Baxmut, Melitopol va Berdyansk yo‘nalishlarida hujum amaliyotini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Donetsk viloyatining g‘arbiy qismidagi Urojaynoye qishlog‘idan janub yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlari muvaffaqiyatga erishdi va erishilgan marralarda mustahkam o‘rnashib bormoqda.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlari Baxmut janubida hujum operasiyalarini davom ettirmoqda va erishilgan chiziqlar bo‘ylab mustahkamlanmoqda.

"Dushman Avdiivka va Marinka hududlarida muvaffaqiyatsiz hujum operasiyalarini o‘tkazdi. Dushman shaxsiy tarkibi, qurol-yarog‘ va texnikasida katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. U zaxiradan foydalangan holda bo‘linmalar va qo‘shinlarni harakatga keltirmoqda", - dedi spiker.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasining Kupyansk va Liman yo‘nalishlarida, shuningdek, Baxmut yo‘nalishining shimoliy qanotida oldinga siljishini ushlab turishda davom etmoqda.

"Dushman Xarkov viloyatining Sinkovka va Donetsk viloyatining Bogdanovka tumanlarida muvaffaqiyatsiz hujum operasiyalarini o‘tkazdi. Bu yerda shiddatli janglar davom etmoqda. Bir sutkada 20 ta to‘qnashuv bo‘ldi", - deya qo‘shimcha qildi Kovalyov.

Kiritildi: 11:41 17.08.2023. O'qildi: 2059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik