Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining sobiq spikeri, harbiy ekspert Vladislav Seleznev Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Oskol daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab Xarkov viloyati hududining bir qismini o‘z nazoratiga olishga harakat qilishi mumkin”, dedi.
Seleznevning so‘zlariga ko‘ra, “balki u (Putin - tahr.) hozir... Donetskni... Qrim bilan bog‘laydigan o‘sha quruqlik yo‘lagini tuzatishga urinar. Lekin... juda muhim dalil bor - Ukraina mudofaa kuchlari. Ular hozir rus armiyasining barcha shablonlarini, barcha rejalarini buzayotganlardir.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ruslar 25-armiyaning shakllanish bosqichida bo‘lgan bo‘linmalarini Kupyansko-Limansk yo‘nalishiga o‘tkazgan. Ekspertning fikricha, “Putin generallari keng ko‘lamli hujumni rejalashtirmoqda”.
"Shuning uchun dushman resurslarni to‘plamoqda va hatto to‘liq jangovar tayyorgarlikda bo‘lmasa ham, Rossiya armiyasi hali ham xavf tug‘dirmoqda. 420 ming rus askari jiddiy raqam. O‘tgan yilning fevral oyida Putin "maxsus harbiy operasiya" ni boshlaganini eslaylik - armiya soni 200 mingga yaqin edi", - deya qo‘shimcha qildi Seleznev.