Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainaga qaratilgan yangi moliyaviy dastur — NATOdan 15 milliard dollar

Ukrainaga qaratilgan yangi moliyaviy dastur — NATOdan 15 milliard dollar

NATO Ukrainaga Amerika qurolini sotib olish uchun “PURL” dasturi doirasida qo‘shimcha 15 milliard dollar ajratishi mumkin. Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker “Bloomberg” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, shu yil oxirigacha Kiyev uchun taxminan 2 milliard dollarlik qurol-yaroq yetkazib beriladi. 2026 yil esa yana 12-15 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

PURL – “Ukrainaning ustuvor ehtiyoj ro‘yxati” deb ataluvchi dastur joriy yil iyulida Prezident Donald Tramp va NATO o‘rtasidagi kelishuv asosida ishga tushirilgan. Mazkur hujjatga muvofiq, Shimoliy Atlantika alyansi a’zolari va hamkor davlatlar Ukraina tomonidan tuzilgan ehtiyoj ro‘yxati asosida AQShdan qurol-yaroq xarid qiladi va ukrainaliklarga topshiradi.

Prezident Vladimir Zelenskiy 17 sentyabrdagi bayonotida ushbu dastur doirasida mamlakat allaqachon 2 milliard dollardan ziyod yordam olgani, yil yakunigacha ayni miqdor 3-3,5 milliard dollarga yetkazilishini aytgan. Bu mablag‘ evaziga Ukraina “Patriot” havo mudofaa tizimi uchun raketalar va “HIMARS” reaktiv tizimi uchun o‘q-dori sotib olgan.

D.Hakimov,O‘zA

Kiritildi: 00:31 30.10.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!