Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainaga G‘arb harbiy yordami iyunda keskin oshdi

Ukrainaga G‘arb harbiy yordami iyunda keskin oshdi

G‘arb davlatlarining Ukrainaga harbiy yordami iyun oyida AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

Euractiv nashri Germaniyaning Kil instituti ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Kiyev iyun oyida jami 7,2 mlrd yevro miqdorida harbiy yordam olgan.

Bu 2024 yil aprelidan beri qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. O‘sha oyda Ukrainaga 9,04 mlrd yevro miqdorida harbiy yordam ajratilgan edi.

Shuningdek, iyun oyidagi ko‘rsatkich 2022 yil fevralidan beri donorlar tomonidan Ukrainaga bir oy ichida ajratilgan harbiy moliyalashtirish hajmi bo‘yicha uchinchi eng yuqori natija bo‘ldi.

Nashr qayd etishicha, harbiy yordam hajmining bunday keskin o‘sishi, asosan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga yuz bergan.

Ushbu moliyaviy mexanizm doirasida Kiyev may va iyun oylarida har biri 4,3 mlrd yevrodan bo‘lgan transhlarni qabul qilib olgan.

Kiritildi: 10:04 14.08.2026. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!