Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukrainadan don eksporti bir hafta ichida tiklanishi mumkin

A A A
Ukrainadan don eksporti bir hafta ichida tiklanishi mumkin

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida Ukraina portlaridan don eksporti bir hafta ichida qayta tiklanishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg turk manbalariga tayanib.

“Turkiya Ukraina portlaridan don eksporti bir hafta ichida tiklanishi mumkinligini, yil oxirigacha uning hajmi 25 million tonnaga yetishi mumkinligini ma’lum qildi”, — deb yozadi agentlik.

Turkiya prezidentining maslahatchisi Ibrohim Kalin, o‘z navbatida, Bloomberg agentligiga bergan intervyusida yetkazib berishning aniq boshlanish vaqti tayyorgarlik logistika ishlariga bog‘liqligini aytdi.

Agentlikning eslatishicha, chorshanba kuni Istanbulda g‘alla eksportini ta’minlaydigan to‘rt tomonlama muvofiqlashtirish markazi (Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT ishtirokida) ish boshlaydi.

Kiritildi: 16:57 27.07.2022. O'qildi: 2450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik