Ukrainadagi urush zonasidagi vaziyat hozir juda yomon, Kiyev yordamga muhtoj. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel ma’lum qildi.
“Vaziyat juda yomonligicha qolmoqda. Ukraina bizning yordamimizga muhtoj va biz uni harbiy vositalar ko‘rinishida berishda davom etamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti Pragada Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining norasmiy yig‘ilishida.
Borrelning qo‘shimcha qilishicha, yig‘ilishda yakuniy qarorlar qabul qilinmaydi, biroq Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalasida Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarining dastlabki konsensusi zarur.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina yaqin haftalarda Germaniyadan yangi zamonaviy qurollar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari, radar tizimlari, razvedkachi dronlarni olishini aytgan edi.