Bugun 26 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukrainadagi urushni tugatish uchun Xitoyning uch taklifi

Ukrainadagi urushni tugatish uchun Xitoyning uch taklifi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini hal qilish bo‘yicha Xitoyning pozisiyasi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar stoliga o‘tirish, shuningdek, sanksiyalardan voz kechishdir. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, harbiy harakatlar maydoni kengayishining oldini olish uchun jangovar to‘qnashuvlarni to‘xtatish kerak. Bu yerda, shuningdek, yadro qurolidan foydalanish va atom elektr stansiyalari kabi yadroviy inshootlarni yo‘q qilishning yo‘l qo‘yilmasligiga e’tibor qaratdi. «Urush zonasiga qancha ko‘p qurol yuborilsa, o‘t ochishni to‘xtatishga erishish shunchalik qiyin bo‘ladi», dedi u.

Xitoy vakili Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini «Ukraina inqirozi» deb atab, uni hal qilishning «yagona amaliy usuli» sifatida kechiktirib bo‘lmaydigan muloqot va muzokaralar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aks holda inqiroz yanada kuchayib ketishi mumkin.

Uchinchidan, Xitoy Tashqi ishlar vaziri ta’kidlashicha, «inqirozning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini oldini olish kerak». U buni sanksiyalardan va jahon savdosining ayrim yo‘nalishlarini to‘xtatishdan saqlanish zarurligi deb tushuntirdi. Xitoylik diplomat biron-bir davlat nomini keltirmagan bo‘lsada, u Rossiya va uni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi kiritilgan cheklovlarni nazarda tutgan.

«Barcha tomonlar tinchlik va insonlarni ustuvor qo‘yishlari hamda tinchlik muzokaralarini ilgari surishga chinakam xayrixoh bo‘lishlari lozim,» - deya ta’kidladi Xitoy diplomatiyasi rahbari.

Kiritildi: 19:15 25.09.2024. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!