Raxiv-Kiyev yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi poyezd yo‘lovchisi yuqori qavatdan yiqilib tushganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi, deb xabar beradi Ukraina temir yo‘llari ("Ukrzaliznisya") kompaniyasi.
"Huquq-tartibot idoralari va "Ukrzaliznisya" Raxiv-Kiyev poyezdida yo‘lovchining o‘limi sabablarini tekshirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi tungi soat uchlarda yuqori qavatdan yiqilib tushgan. Yiqilgandan keyin u xotiniga o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan. Ertalab esa o‘zini yomon his qilgan va poyezd brigadasi tez yordam chaqirgan. Shifokorlar esa uning o‘limini qayd etishdi", - deyiladi kompaniya veb-saytidagi bayonotda.
Qayd etilishicha, yo‘lovchi yotgan qavatda xavfsizlik kamarlari bo‘lgan, ammo erkak ulardan foydalanmagan.