Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainada yana bir vazir iste’foga chiqdi

Ukrainada yana bir vazir iste’foga chiqdi

Ukraina energetika vaziri Svetlana Grinchuk korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi.

Bu haqda Grinchukning o‘zi Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi. Shu bilan birga, Grinchuk o‘z tomonidan hech qanday qonun buzilishi bo‘lmaganini ta’kidladi.

"Men iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdim. Lavozim men uchun hech qachon maqsad bo‘lmagan. Prezident Vladimir Zelenskiyga, Ukraina Vazirlar Mahkamasiga va Oliy Rada deputatlariga davlatimiz hamda xalqimiz manfaatlari yo‘lida ishlash imkonini bergani uchun minnatdorman", — deb yozdi u.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy adliya vaziri German Galushenko va energetika vaziri Svetlana Grinchukning iste’fosini talab qilgan edi. U bosh vazirga ularning iste’fosi bo‘yicha qarorlarni tayyorlashni topshirganini bildirgandi.

Avvalroq Ukraina hukumati Galushenkoni lavozimidan chetlashtirgan edi. U “Energoatom” kompaniyasidagi yirik korrupsiya mojarosining ishtirokchilaridan biri sifatida tilga olingan.

Kiritildi: 22:55 12.11.2025. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!