Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukrainada terror harakatini amalga oshirgan Suxrob Karimov ikki oyga hibsga olindi

Ukrainada terror harakatini amalga oshirgan Suxrob Karimov ikki oyga hibsga olindi

Kiyevdagi "Universal-bank" bo‘linmalaridan birini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suxrob Karimov terakt bo‘yicha ish yuzasidan ikki oyga hibsga olindi. Uni garov evaziga qo‘yib yuborish cheklangan. Bu haqda Kiyev prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Kiyev shahri Pechersk tuman sudi poytaxt prokuraturasi iltimosnomasini qondirdi va 2020 yil 3 avgustda Kiyev markazidagi bank binosida portlash bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosiga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Uni garov evaziga qo‘yib yuborish cheklangan. Tegishli qaror 2020 yilning 5 avgusti, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda qabul qilingan", - deyiladi rasmiy bayonotda.

Karimovga Ukraina Jinoyat kodeksining 258-moddasi 1-qismi ("Terroristik hujumni amalga oshirish yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitish") bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda. Ushbu moddada gumonlanuvchilar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni, Karimov, Kiyevdagi "Leonardo" biznes-markazidagi bank bo‘linmasiga kirgan va ryukzagida bomba borligini ma’lum qilgan. U bank bo‘linmasi rahbaridan tashqari barcha xodimlarni qo‘yib yuborgan. Rahbar ayolni garov olgan.

Suxrob Karimov 40 ming griven (1,44 ming dollar) va jurnalistlar bilan muloqotni talab qilgan. Amalga oshirilgan maxsus operasiya natijasida Karimov qo‘lga olingan, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda qo‘lini qayirib, bank binosidan olib chiqib ketishgan.

Karimovni qo‘lga olishda Ukraina telekanallarining ikki nafar jurnalisti ko‘ngilli ravishda ishtirok etgan. Tekshiruvlardan so‘ng Karimov yolg‘on gapirgani fosh bo‘lgan: uning ryukzagida bomba ham, boshqa portlovchi qurilmalar ham bo‘lmagan.

Sal keyin o‘zbekistonlik bu yigit psixonevrologik hisobda turishi aniqlangan.

Kiritildi: 13:49 06.08.2020. O'qildi: 2416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!