Ukrainada Rossiya va G‘arb kuchlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilik yuz berishi ehtimoli kam. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya va G‘arb qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ehtimolini shunday baholadi, deb yozadi “TASS”.
“Bir necha hafta oldin hech kim Buyuk Britaniya kabi Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol jo‘natishiga ishonmagan bo‘lardi”, — deya xulosa qildi siyosatchi. Xususan, Germaniyaning bu boradagi pozisiyasini qayd etdi.
Jonsonning qo‘shimcha qilishicha, u Ukraina hududiga qo‘shin kiritmoqchi bo‘lgan birorta G‘arb davlatini bilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorning oqibatlarini nazorat qilish juda qiyin bo‘ladi.