Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukrainada oilaviy zo‘ravonlik holatlari haqidagi xabarlar soni 40 foizga oshdi

Ukrainada oilaviy zo‘ravonlik holatlari haqidagi xabarlar soni 40 foizga oshdi

Ukrainada, birinchi olti oyda, oilaviy zo‘ravonlik haqidagi xabarlar soni 40 foizga oshdi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yekaterina Pavlichenko brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning birinchi olti oyida polisiyaga oilaviy zo‘ravonlik to‘g‘risida 101 mingdan ortiq xabar kelib tushgan.

“Karantin davrida oilaviy zo‘ravonlik mavzusi yanada dolzarb bo‘lib qoldi, chunki odamlar doimiy ravishda uyda – yopiq hududda bo‘lishdi. Shunga qaramay, Milliy polisiya karantin davrida oilaviy zo‘ravonliklar bilan bog‘liq "102" raqamiga qilingan qo‘ng‘iroqlar bunday keskin o‘smaganligi qayd etmoqda”, deydi Palichenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlik haqidagi xabarlarning ko‘payishi odamlarning bu tajovuzning namoyon bo‘lishidan endilikda ko‘proq xabardor bo‘layotganliklari va yaxshiroq javob berayotganliklari bilan bog‘liq.

Kiritildi: 22:47 07.08.2020. O'qildi: 2748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!