Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ICTV telekanali efirida Ukraina hududida NATO bazalari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Kun" nashrining xabar berishicha Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimdagi Qora dengiz flotiga to‘g‘risidagi bandni Konstitusiyadan chiqarib yubormoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Shu nuqtai nazardan Klimkinga NATO bazasi Qora dengiz flotining o‘rniga kelishi borasida savol berishgan.
«Bu juda yaxshi savol. Prezident tomonidan taqdim etilgan izoh faqatgina bitta bazaga taalluqli va u yerda hammasi aniq yozilgan», - deya ta’kidlab o‘tdi Klimkin.
Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, Ukraina NATO va Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lishidan oldin Konstitusiyani o‘zgartiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitusiyaviy tuzatishlarda mamlakat hududida harbiy bazalarni joylashtirish masalasi «belgilab beriladi».