"Hech kim Ukrainadagi vaziyat uchun “koreys”, “fin” yoki boshqa biror modelni ko‘rib chiqmayapti. Chunki bizda holat o‘zgacha. Oxir-oqibat nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shunday bo‘lishi mumkinki, urushni tugatish bo‘yicha yakuniy hujjat bo‘lmasligi ham ehtimoldan holi emas", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda.
Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Kelasi hafta Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazaman;
◾️ Biz Polsha va Ruminiya bilan Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarida dronlarni tutib qolish bo‘yicha hamkorlik haqida muzokaralar olib boryapmiz;
◾️ Ukrainada maxsus qamal qiluvchi qo‘shinlar tuziladi. Hozir buning uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda, taxminan bir hafta – o‘n kun ichida hammasi tayyor bo‘ladi. Zamonaviy qamal qo‘shinlari dron komponentlari va boshqa barcha zaruriy vositalar bilan ta’minlanadi;
◾️ Kupyanskdagi Rossiya askarlari yo‘q qilinadi. Hozir u yerda keskin harbiy harakatlar davom etmoqda, shahar ichida Ukrain harbiylari tozalash ishlarini olib bormoqda;
◾️ Men Putinning o‘zi bilan ham, uch tomonlama formatda ham uchrashishga tayyorman, ammo u bunga tayyor emas.