Ukrainada, Xmelnisk viloyati Kamenes-Podolsk tumanida havo sharining qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi va yana besh kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Xmelnisk viloyati polisiyasi matbuot xizmati.
Hodisa bir kun oldin Kulchiyevsi qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Sharda uchuvchi va beshta yo‘lovchi bo‘lgan.
"Bir kishi vafot etdi, yana besh kishi, shu jumladan uchuvchi turli darajada tan jarohati olishdi", deyiladi xabarda.
Kamenes-Podolsk tumani polisiya bo‘limi tergovchilari Ukraina Jinoyat kodeksining 281-moddasi 3-qismi — havo parvozlari qoidalarini buzish bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergovni boshladilar.