Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukrainada bir tonnadan ortiq geroin topildi

Ukrainada bir tonnadan ortiq geroin topildi

Ukraina Milliy Xavfsizlik xizmati tomonidan Lvov viloyatida o‘tkazilgan maxsus operasiya paytida bir tonnadan ortiq geroin musodara qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddalari Pokistondan Odessa dengiz porti orqali keltirilgan. Keyinchalik, yuk oziq-ovqat mahsuloti sifatida Ukrainaning g‘arbiy qismiga olib ketilgan. Geroinni Yevropa Ittifoqi hududiga diplomatik yuk sifatida o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Mazkur jinoyatni fosh etish asnosida to‘rt nafar Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan. Musodara qilingan partiyaning narxi 2.3 milliard grivna (taxminan 90 million AQSh dollari) atrofida baholanmoqda.

2019 yil noyabr oyida Belgiya polisiyasi Antverpen portida boshqa mamlakatdan olib kirilgan giyohvand moddalar orasida eng katta partiya – qiymati 900 million yevroga teng bo‘lgan kokainni musodara qilgan edi. 11,5 tonnaga teng bo‘lgan bu taqiqlangan modda beshta yuk mashinasidagi metallolom orasiga joylangan. Bu “mol” Lotin Amerikasidan – Gayana davlatidan dastlab Zebryugge portiga, keyin esa, Antverpenga olib kirilgan.

Kiritildi: 17:50 06.01.2021. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!