Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainada 18 yoshdan "armiya"ga chaqirish taklif qilindi

Ukrainada 18 yoshdan "armiya"ga chaqirish taklif qilindi

Ukrainada armiyaga chaqirish yosh chegarasini pasaytirish va yoshlarni 18 yoshdan boshlab xizmatga jalb etish zarur. Bu fikrni "Dnepr-1" ko‘ngillilar batalyonining sobiq komandiri Yuriy Bereza bildirib, yangi chaqirilganlarni mamlakatning g‘arbiy hududlariga yuborish kerakligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, chaqirilganlar Vengriya, Polsha va Belarus bilan chegaradosh hududlarga yuborilishi mumkin.

Berezaning qo‘shimcha qilishicha, armiyada xizmat qilish o‘z kelajagini davlat xizmati bilan bog‘lashni rejalashtirayotgan har bir kishi uchun majburiy bosqich bo‘lishi kerak.

"Bizda hech kim noxush narsalar haqida gapirishni xohlamaydi, – deb ta’kidladi sobiq kombat. - Men yana bir bor aytaman, bizda 18 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham harbiy xizmatni o‘tashi kerak," - dedi u.

Yuriy Berezaning qo‘shimcha qilishicha, yoshlar bir yil xizmat qilishlari kerak va hozirgi 25 yoshdan chaqiruv tizimi adolatsiz, chunki aynan 16-17 yoshda inson harbiy ko‘nikmalarni eng yaxshi o‘zlashtiradi.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!