Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada 10 nafar odamni otib tashlagan askar qo‘lga olindi

A A A
Ukrainada 10 nafar odamni otib tashlagan askar qo‘lga olindi

Ukrainada Milliy gvardiya askari to‘rt nafar harbiy xizmatchi va bir ayolni otib o‘ldirdi, yana besh nafarini yaraladi, deb xabar beradi UkrInform agentligi

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Dneprdagi Janubiy mashinasozlik zavodi hududida sodir bo‘lgan.

«Polisiyaga Milliy gvardiya askari avtomat quroldan o‘t ochgani haqida xabar keldi. Natijada to‘rt nafar harbiy xizmatchi va bir ayol voqea joyida halok bo‘lgan, yana besh nafar odam jarohatlangan. Erkak qo‘lida qurol bilan voqea joyidan qochib ketgan», — deyiladi xabarda.

Polisiya ayni paytda o‘t ochgan askarni aniqlab, qo‘lga olgan. U 2001 yilda tug‘ilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Artem Ryabchuk bo‘lib chiqdi.

Voqea joyiga zudlik bilan Dnepropetrovsk viloyati polisiyasi rahbariyati, tergov guruhi, sud-tibbiyot ekspertlari va barcha soha xodimlari yetib kelgan.

Voqea sabablarini Ukraina Davlat tergov byurosi va harbiy prokuratura vakillari aniqlaydi.

Kiritildi: 16:20 27.01.2022. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!