Reuters agentligining yozishicha, energiya tizimi muntazam ravishda Moskva zarbalariga uchrayotgan Kiyev yoz oylarida elektr energiyasi taqchilligi va iste’molchilarni tarmoqdan uzish holatlariga duch keladi, deb xabar qilmoqda DiXi Group tahliliy markazi.
Rossiya urush davomida Ukrainaning elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish ob’ektlariga hujum qilib, issiqlik elektr stansiyalariga jiddiy shikast yetkazdi. Bu esa Kiyevni importni oshirishga hamda iste’molchilarni ommaviy ravishda tarmoqdan uzishga majbur qilmoqda.
DiXi markazining bildirishicha, mo‘’tadil haroratda va energiya tizimiga yangi shikast yetkazilmagan taqdirda, kunning tig‘iz vaqtlarida quvvat taqchilligi 0,7 gigavattga yetishi mumkin. Ammo yozda harorat sezilarli darajada ko‘tarilsa, bu ko‘rsatkich 2,4 gigavattgacha oshishi ehtimoli bor.
Energiya tizimida asosiy rol o‘ynaydigan atom elektr stansiyalari energiya bloklarining yillik rejali ta’mirlash ishlari vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, deyiladi agentlik xabarida.