Kiyev payshanba kuni imzolangan yirik mudofaa kelishuvi doirasida Shvesiyaning "Gripen" qiruvchi samolyotlarini sotib oladi, deb xabar bermoqda Volodimir Zelenskiy devoni.
Birinchi qadam sifatida Shvesiya Yevropa krediti hisobidan moliyalashtiriladigan 2,5 milliard yevro evaziga Kiyev uchun 20 tagacha "Gripen E/F" samolyotlarini sotib oladi, deyiladi Reuters agentligi xabarida.
Bundan tashqari, Ukraina rejalashtirilgan xaridni boshlashi bilan, Shvesiya ikki tomonlama yordam sifatida 16 ta "Gripen C/D" samolyotlarini topshirish niyatida.
O‘tgan yili Kristersson va Zelenskiy niyatlar to‘g‘risidagi bayonnomani imzolagan edilar, unga ko‘ra Shvesiya Kiyevga o‘zlarining 150 tagacha yangi "Gripen E" qiruvchi samolyotlarini sotishi mumkin.
Niyat maktubi majburiy kuchga ega emas edi va unda aniq muddatlar ko‘rsatilmagandi, biroq Kristersson o‘shanda agar hamma narsa reja bo‘yicha ketsa, birinchi samolyotlar Ukrainaga "uch yil ichida" yetkazib berilishi mumkinligini aytgan edi.
Shu sababli, keyinchalik Shvesiya ixtiyorida mavjud bo‘lgan "Gripen"ning C/D modellaridagi qiruvchi samolyotlarini Kiyevga topshirish imkoniyati muhokama qilingandi.