Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqining (EI) "Uydagidek rouming" (Roam Like at Home, RLAH) rouming zonasiga rasman qo‘shildi.
Ushbu mamlakatlardagi abonentlar Yevropa Ittifoqining 27 davlatida "xorijiy tariflar"siz qo‘ng‘iroq qilish, matnli xabarlar jo‘natish va mobil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunga o‘xshash shartlar Ukraina va Moldovada bo‘lgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari abonentlariga ham tegishli.
2023-2024 yillarda Ukraina Yevropa Ittifoqining yagona rouming zonasiga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan qator qarorlar va qonunlarni qabul qildi. Xususan, Oliy Rada tegishli qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi va Yevrokomissiya ukrainaliklarning Yevropa Ittifoqidagi rouming to‘lovlarini bekor qilishga rozi bo‘ldi.