Muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchilik qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar tomonidan uchrashuvda davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner ishtirok etmoqda.
"Gap shunchaki tinchlik kelishuviga erishish haqida emas, balki Ukrainani suveren, mustaqil va ravnaq topishini ta’minlaydigan kelajak yo‘lini yaratish haqida bormoqda. Urushni tugatish tinch va farovon kelajak uchun yo‘l ochadi", — dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio muzokaralar oldidan.