Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarni tiklashdan manfaatdor

Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarni tiklashdan manfaatdor

Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarnini tiklashdan manfaatdor.

Bu haqda Ukraina infratuzilma vaziri o‘rinbosari Oleg Yushenko O‘zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Abdualiyev Alisher bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yushenkoning ta’kidlashicha, Ukrainaning aviasiya trasport sohasida siyosati hamkor davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan yo‘lovchi tashish bozorini erkinlashtirishga qaratilgan.

“Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida havo aloqasi va havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi bitim doirasida Ukraina har bir tomon uchun haftasiga yetti marta Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam qatnovlarni imkon qadar tezroq tiklashdan manfaatdor”, - dedi ukrainalik amaldor.

Abdualiyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida tranport infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakat o‘rtasidagi havo aloqalarining tezroq tiklanishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Kiyevga qatnovlar 2015 yilda ikki mamlakat aviasiya sohasi ma’murlari o‘rtasida kelishuvlar mavjud bo‘lmaganligi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.

2019 yil oktyabrida qatnovlar qayta tiklanishi kerak edi, ammo Ukraina tarafi so‘nggi lahzada o‘z qarorini bekor qilganligi haqida ariza yo‘llagan edi.

Kiritildi: 21:52 23.02.2020. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!